Kassa · ombor · kirim · nasiya
Doʻkoningiz toʻliq nazoratda.
Kassa, ombor, kirim va nasiya — bitta dasturda. Kiyim, oziq-ovqat, kosmetika, qurilish va telefon doʻkonlari uchun.
14 kun bepul · oʻrnatish bepul




Telefon doʻkonlari uchun alohida dastur bor — SmartSale: nasiya va IMEI.




Doʻkonda bir kun
Ertalabdan kechgacha — nima boʻladi va qaysi ekranda.
Ekranlar namuna doʻkondan, maʼlumotlar toʻqima.
Kecha
Tovarlar yuklandi
Roʻyxatingizni yubordingiz — tovarlarni biz kiritdik.
Excel, e-faktura yoki qogʻozdagi roʻyxat — oʻrnatish bepul. Ertasiga ertalab sotuv boshlanadi.
Smena ochildi
Sotuvchi smenani ochdi. Men hali uydaman.

Birinchi sotuv
Nova A, chexol, quvvatlagich — 2 570 000 soʻm. IMEI chekda.


Birinchi sotuv
Koʻylak (M, oq), kamar va jinsi — 479 000 soʻm. Chek tayyor.


Birinchi sotuv
Pomidor 1,25 kg; sut va qatiq muddati bilan — 60 000 soʻm.


Birinchi sotuv
Pomada tusini tanlayman; kremlar muddati bilan — 301 000 soʻm.


Tovar keldi
Honor X6b keldi — har birining IMEI’si skanerlanmoqda.Futbolkalar keldi — har oʻlcham va rang alohida sanaldi.Yogʻ va makaron keldi — yaroqlilik muddati bilan.Kremlar keldi — har partiyaning yaroqlilik muddati bilan.
Nasiya toʻlovi
Aziza Karimova oylik 500 000 soʻm toʻladi.Nilufar Saidova nasiyadan 200 000 soʻm toʻladi.Gulnora Tursunova nasiyadan 190 000 soʻm toʻladi.Shahlo Usmonova nasiyadan 100 000 soʻm toʻladi.
Kun yakuni
Bugungi naqd — 8 620 000 soʻm. Uydan koʻraman.Bugungi naqd — 2 471 000 soʻm. Uydan koʻraman.Bugungi naqd — 1 060 600 soʻm. Uydan koʻraman.Bugungi naqd — 3 177 000 soʻm. Uydan koʻraman.
Har xil doʻkon — bitta yechim
Doʻkoningiz turi qanday boʻlmasin, dastur unga moslashadi.
- Telefon doʻkoniNasiya grafigi va IMEI boʻyicha hisob.
- Kiyim va poyabzalHar oʻlcham va rang — alohida qoldiq.
- Oziq-ovqatKilolab sotuv, kirimda yaroqlilik muddati.
- Kosmetika va atirHajm va tus boʻyicha qoldiq.
- Qurilish mollariQop, metr, m² va litrda sotuv.
- Elektronika va aksessuarlarKafolat muddati chekda yoziladi.
- Umumiy doʻkonShtrix-kod, tez kassa, mijozlar qarzi.
Narx ochiq. Hammasi kiradi.
SmartSale Macro tariflari. 14 kun bepul, karta soʻralmaydi.
Start
100 000soʻm / oy
- 1 doʻkon
- 3 tagacha xodim
- Hamma imkoniyatlar
Biznes
200 000soʻm / oy
- 3 tagacha doʻkon
- Cheksiz xodim
- Doʻkonlararo tovar koʻchirish
Har keyingi doʻkon — oyiga +60 000 soʻm
Ikkala tarifda ham
- Kassa — kompyuterda, brauzerda, telefonda
- Toʻlov grafigi bilan nasiya
- Kirim va dilerlar
- Excel’dan import
- Inventarizatsiya
- Narx yorliqlari va shtrix-kod
Bir yilga toʻlasangiz — 12 oy 10 oy narxida.
Oʻrnatish va tovarlarni kiritish — bepul.
Telefon doʻkonlari uchun SmartSale narxini Telegram’da soʻrang.
Demo soʻrashKoʻp soʻraladi
Internetsiz ishlaydimi?
Yoʻq, internet kerak: har bir sotuv darhol serverga yoziladi, shuning uchun qoldiq hamma qurilmada bir xil. Aloqa uzilsa, kassa buni ochiq aytadi — sotuv jimgina yoʻqolib ketmaydi. Boshlangan inventarizatsiya esa telefonda saqlanib turadi.
Maʼlumotlarim xavfsizmi?
Har bir doʻkon faqat oʻz maʼlumotini koʻradi — buni maʼlumotlar bazasining oʻzi tekshiradi. Sotuvchi faqat oʻz filialini koʻradi. Katta chegirma va hisobdan chiqarish uchun menejer PIN-kodi soʻraladi. Sotuv va kassa yozuvlarini oʻchirib boʻlmaydi — faqat tuzatiladi.
Qaysi qurilmalarda ishlaydi?
Kompyuterda — brauzerda, chek printeri va shtrix-skaner bilan. Android va iPhone’da — telefonning oʻzi kassa boʻla oladi, chek PDF qilib yuboriladi.
Eski nasiya daftarim nima boʻladi?
Yangi nasiyalar birinchi kundanoq toʻlov grafigi bilan tizimda yuritiladi. Eski qarzlarni avtomatik koʻchirish hozircha yoʻq: eski daftarni toʻlovlar bilan yopib borasiz, yangi qarz esa unga yozilmaydi.
Hammasini qogʻozda yuritaman. Qayerdan boshlayman?
Tovarlar roʻyxatini bizga yuboring — daftarning surati ham boʻladi. Tovarlarni biz kiritamiz; shtrix-kodi yoʻq tovarga dastur oʻzi kod beradi va yorliq chiqaradi. Bepul.
Boshqa dasturdaman. Oʻtish qiyinmi?
Eski dasturdan tovarlarni Excel’ga chiqaring. Macro ustunlarni oʻzbekcha, ruscha yoki inglizcha sarlavhadan oʻzi taniydi va tovarlarni qoldigʻi bilan koʻchiradi.
Fiskal kassa oʻrnini bosadimi?
Hozircha yoʻq. Roʻyxatdan oʻtgan fiskal kassangiz joyida qoladi; Macro savdo, ombor va nasiyani yuritadi.

Doʻkoningiz misolida koʻrsatamiz.
Telegram’da yozing: qanday doʻkon va nechta filial.











